Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU da 1,6 mln dollarlik media-markaz ishga tushiriladi
    06.12.2017

    6 dekabr kuni  Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari o'rtasida "Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi notalar almashinuvi va grant kelishuvi imzolandi. 

    Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim qilinayotgan mazkur grant miqdori 187,9 mln yapon iyenasi (1,6 mln. AQSh dollar) ni tashkil qiladi. 

    Loyiha doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKT sohasining rivojlanish tendensiyalarini va jahonning bu borada peshqadam ta’lim muassasalari tajribasini hisobga olgan holda, teleradio sohasining bo‘lajak mutaxassislari uchun kompyuter, multimedia uskunalari bilan ta’minlangan zamonaviy ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv laboratoriyasi quriladi. 
     
    Mazkur loyihaning amalga oshirilishi "Kino va tele operatorlik", "Maxsus yoritish texnologiyasi" yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yoshlarga nazariy bilimlaridan amalda foydalanish imkonini beradi, interaktiv o‘quv muhitining yaratilishiga xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati