Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IUT professori Xusniddin Olimov “Web of Science” mukofotini qo‘lga kiritdi
    30.11.2017

    Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) professori hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi Xusniddin Olimov fizika-texnika sohasidagi xalqaro “Web of Science” mukofotini qo‘lga kiritdi. Mazkur mukofot O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va AQShning “Clarivate Analytics” kompaniyasi bilan hamkorlikda topshirildi.

    Poytaxtimiz Toshkent shahrida “Web of Science Awards 2017” xalqaro akademik mukofotining tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi hamda AQShning “Clarivate Analytics” kompaniyasi tomonidan hamkorlikda tashkillashtirildi.

    “Web of Science Awards 2017” xalqaro mukofoti laureatlari “Clarivate Analytics” xalqaro kompaniyasi tomonidan mamlakatimizdagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik olimlar orasidan tanlab olindi. Ularning ilmiy ishlari “Web of Science” xalqaro ilmiy-tahliliy elektron ma’lumotlar bazasiga kirgan ilmiy nashrlarda so‘nggi 10 yil ichida chop etilgan ilmiy maqolalarning soni va ularga keltirilgan havolalar asosida baholandi.

    G‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi hamda AQShning “Clarivate Analytics” kompaniyasining diplomlari, sertifikatlari va qimmatbaho sovg‘alari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faxriy yorlig‘i, shuningdek, pul mukofotlari topshirildi.

    Shuningdek, “Eng yaxshi ayol tadqiqotchi”, “Eng yaxshi yosh olim”, “Eng yaxshi ilmiy jurnal”, “Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi”, “Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot muassasasi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib chiqqanlar ham O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, AQShning “Clarivate Analytics” kompaniyasi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

    “Science Leader”ning eng asosiy xalqaro mukofotlari fanning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan olti nafar o‘zbekistonlik yetakchi olimlarga berildi.

    Shuni mamnuniyat bilan qayd etamizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) professori hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi Xusniddin Olimov fizika-texnika sohasidagi xalqaro “Web of Science”ning uchinchi darajali mukofotini qo‘lga kiritdi.

    Taqdirlash marosimi vaqtida qayd etildiki, professor Xusniddin Olimov “Web of Science” xalqaro ilmiy-tahliliy elektron ma’lumotlar bazasiga kirgan ilmiy nashrlarda so‘nggi 10 yil ichida 41 ta ilmiy maqolalar chop etgan. Mazkur maqolalarga 200 dan ortiq havolalar bo‘ldi.

    Bundan tashqari, Xusniddin Olimov o‘zining ilmiy faolligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faxriy yorlig‘i, shuningdek, pul mukofoti bilan ham taqdirlandi.

    Manba: Axborot xizmati