Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahrida Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining hududiy seminari bo'lib o'tmoqda
    28.11.2017
    11 noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining "Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi bilan hamkorlik: a'zo davlatlar, sohalar va ilmiy yo'nalishda faoliyat ko'rsatuvchi tashkilotlar. XEI ning tarkibi va ishlash uslublari" mavzuidagi mintaqaviy seminari bo‘lib o‘tdi. 
     
    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil qilingan tadbirda Unda Ozarboyjon, Belorusiya, Qozog‘iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston hamda Armaniston respublikalarining aloqa, axborotlashtirishga mas’ul bo‘lgan muassasa vakillari ishtirok etdilar.
     
    AKTni tatbiq etishda, raqobatni rivojlantirish, xizmatlar sifatini yuksaltirish, innovatsiyalarni joriy qilishda, texnik to‘siqlarni bartaraf qilish va foydalanuvchilar haq-huquqlarining ta’minlanishida standartlashtirishning ahamiyati yuqori ekanini qayd etdi.
     
    Besh sessiyaga bo‘lingan, jumladan "XEI tarixi", "XEI da radioaloqa tarixi", "XEI ning hududlardagi faoliyati" kabi bo'limlarda tashkilotning maqsad-vazifalari, texnologiyalarning mosligini sinovdan o‘tkazish, AKTni rivojlantirish va tatbiq etishning muhim jihatlari, AKTni standartlashtirishning xalqaro tajribaning muhim jihatlari kabi dolzarb mavzular muhokamasi tashkil etildi.
     
    Shuningdek, anjuman doirasida tashkil qilinishi rejalashtirilgan davra stolida Ittifoqning aloqa va axborotlashtirish sohasini standartlashtirish bo‘yicha tajribasi, o'zaro hamkorlik va boshqa masalalar muhokama qilinib, tajriba almashish ko'zda tutilgan. Erishilgan natija va xulosalardan vakillar o‘z davlatlarida elektraloqani rivojlantirishda tatbiq etishlari qayd etildi.
     
    Anjumanning mamlakatizmida o'tkazilishi mahalliy ekspertlarning strategik boshqaruv, tartibga soluvchi va me’yoriy baza, mijozlar bilan aloqani ta’minlash va boshqarishni tashkil qilish, sifatli xizmat ko‘rsatish va marketing boshqaruvning zamonaviy konsepsiyasi, boshqaruvning iqtisodiy dastagi va boshqa qator yo‘nalishlarda bilim va ko'nikmalarini takomillashtirish imkonini beradi. 

    Manba: Axborot xizmati