Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT delegatsiyasi Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
    22.11.2017

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti rahbariyatidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi yetakchi oliygohlari - Seul milliy uneiversiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Koreya University) va Yonsey universiteti (Yonsei University) rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

    Uchrashuvlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston tomoni koreys oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekistonda arxitektura, shaharsozlik va fuqorolik muhandisligi yo‘nalishlarida filiallar ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, mazkur masalani o‘rganish uchun ishchi guruhlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    Bundan tashqari, Xanyang texnologiya universiteti (Hanyang University) bilan ham uchrashuv rejalashtirilgan.

    O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasidagi Inha universiteti prezidenti Sunya Choy xonim bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Unda Toshkent shahridagi Inha universiteti ta’lim dasturlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.

    Xususan, elektron biznes bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishini ochish zarurati qayd etildi.

    Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki universitet vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetida magistratura dasturini ochish hamda universitetning uch nafar talabasiga Janubiy Koreyada magistraturada ta’lim olish uchun grant taqdim etish yuzasidan bayonnoma imzolashdi.

    Manba: Axborot xizmati