Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT ta’limini rivojlantirishga hissa qo‘shishga chorlaymiz!
    09.11.2017

    Vazirlik chet elda kasbiy hamda ta'limiy faoliyatni olib borayotgan, shuningdek O'zbekistonga qaytib, mamlakat rivojiga hissa qo'shish istagidagi yuqori malakali mutaxassislarni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishi fanlariga ixtisoslashgan maktab faoliyatini takomillashtirishda ishtirok etishga chorlaydi. 

    Vazirlik tomonidan PhD darajasi sohiblari, tajribali menejerlar, ilmiy noshirlar va ta’lim sohasining boshqa ekspertlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 

    Ta’lim berish, tadqiqotlar yuritish hamda AKT sohasi muassasalaridagi islohot jarayonlarini boshqarish bilan mamlakat rivojiga hissa qo‘shishni istagan vatandoshlarga yuqori maosh, tadqiqot loyihalarining moliyalashtirilishi, maxsus ipoteka dasturlari va faoliyat samaradorligiga qarab boshqa bonuslar taklif etiladi.

    Ekspertlar va o‘qituvchilar uchun maxsus dasturga qiziuvchilar o‘z rezyumesini HR@mitc.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.