Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik kosmik texnologiyalar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
    26.04.2023

    Ayni kunlarda Intercontinental Tashkent (Trilliant)da jahon kosmik sanoati uchun keng ko‘lamli Markaziy Osiyodagi eng yirik kosmik texnologiyalar konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

    O‘zbekiston ikkinchi bor 10 ta davlatdan 250 dan ortiq kosmik korporatsiyalar, agentlik va qo‘mitalar vakillarining uchrashuv joyiga aylandi.

    Ushbu konferensiya Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – “O‘zbekkosmos” ko‘magida tashkil etildi.

    Tadbir Turksat (Turkiya), ESRI (AQSh), MonocoSat/SSI Monoco (Monako Qirolligi), Contec (Janubiy Koreya), Eutelsat (Fransiya), IAI (Isroil), Synspective (Singapur), Xyuz (AQSh), Intersputnik (Rossiya), Maxar (AQSh), Planet (AQSh), Rohde & Schwarz (Germaniya), SES (Shveytsariya), Airbus (AQSh), Thales (Fransiya), Voyager (AQSh) , SI Imaging (Janubiy Koreya) kabi kosmik texnologiyalar sanoati yetakchilari ko‘magida tashkil etilgan.

    Ushbu maydon ishbilarmon doiralar va sanoat kosmik agentliklari o‘rtasida xalqaro muloqot o‘tkazishga qaratilgan. Konferensiya dasturi xalqaro hamkorlik va sarmoya, yangi sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini muhokama qilish, xavfsizlik, moliya, kosmik sohani tartibga solishga bagʻishlangan.

    Yangi kosmik iqtisodiyot texnologik innovatsiyalar va muayyan biznes modeliga asoslangan global tendensiyadir. Euroconsult ma’lumotlariga ko‘ra, bu sanoat 450 milliardga baholanishi mumkin va 2040-yilga kelib, u 1 trillion dollarga yetishi taxmin qilinmoqda. Bu avtomobilsozlik, turizm, energetika, telekommunikatsiya, transport va boshqa muhim tarmoqlar uchun yangi rivojlanish imkoniyatlarini ochib beradi.

    Konferensiyaning dastlabki kunida ekspertlar mintaqaviy hamkorlik, xalqaro investitsiyalar va kosmik sanoatni barqaror rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

    Shu bilan bir qatorda, konferensiya doirasida bir nechta sessiyalar ham bo‘lib o‘tadi. Unda bozor rahbarlari “new space” yechimlar, sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini taqdim etadilar, spektrlarni tartibga solish muammolari va mamlakatlarning raqamli transformatsiyasida O‘zkomnazoratning dolzarb vazifalarini muhokama qiladilar.

     

    Manba: Axborot xizmati