Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Isroil Davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi va One Smart Star kompaniyasi bosh direktori bilan аholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish bo‘yicha gaplashildi
    17.03.2023

    O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy yetakchi mutaxassislar, IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

    Shu maqsadda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Isroil Davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zeavit Ben Hillel hamda Isroilning One Smart Star kompaniyasi hammuassisi va bosh direktori Xemi Tzubari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda Isroil elchixonasi orqali hamkorlikda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ular bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish bo‘yicha masalari muhokama qilindi. 

    Shuningdek, uchrashuvda yoshlarni yetakchi xorijiy kompaniyalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish kasbiga, ya'ni autsorsing (BPO va KPO) xizmatlarini ko‘rsatishga o‘rgatish, keyinchalik ularni ish bilan ta'minlash maqsadida respublikaning barcha hududlarida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish autsorsing (BPO va KPO) markazlari tashkil etilayotgani ta'kidlandi.

    Shu maqsadda, Isroil kompaniyalari bilan ham ushbu yo‘nalishda ishlash, hamkorlik qilish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

    Manba: Axborot xizmati