Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Graduate Recruitment” konferensiyasi boʻlib oʻtdi
    03.03.2023

    Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Graduate Recruitment” konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad bitiruvchilarni ishga qabul qilish sohasidagi xalqaro amaliyot bilan ishtirokchilarni tanishtirish va EMBRAS xalqaro HR mukofoti keyslari g‘oliblarini taqdim etishdan iborat.

    Konferensiya davomida bitiruvchilar mukofotida ishtirok etayotgan kompaniyalarning eng yaxshi amaliyotlari haqida umumiy muhokamalar olib borildi.

    Undan tashqari ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarni ish beruvchilarning vazifalariga moslashtirish va turli sohalarning samaradorligini oshirish, muammolarini hal qilish doirasida eng yirik kompaniyalar tomonidan maktablar va universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar boʻyicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

    Panel muhokamasida 4 nafar yetakchi universitet rektorlari ham ishtirok etdilar.

    Ushbu konferensiya Amiti universiteti bilan nafaqat tajriba almashish, balki universitetlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.

    Manba: Axborot xizmati