Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga qabul qilingan kun
    02.03.2023

    1945-yilda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot.

    BMTni tashkil etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, nizomi esa San Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilingan. BMT nizomiga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetdi. 

    BMT nizomida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.

    Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993-yili 24-oktabr kuni BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi, shu bilan birgalikda, BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻlgan.

    Manba: Axborot xizmati