Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Dasturchining vazifasi — odamlarni qiynab turgan muammoni yechish”
    28.02.2023

    «mGovAward» tanlovida faxrli 1-o‘rin va 50 ming dollar mukofotini qo‘lga kiritgan “Tahrirchi” loyihasi asoschisi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti 4-kurs talabasi Muhammadsaid Mamasaidov – IT sohasida muvaffaqiyatga erishgan yoshlarimizning navbatdagi qahramoni.

    Muhammadsaid bilan bo'lib o'tgan intervyuda uning hayotda muammolarni topib, ularga turli xil yechimlar berishni yaxshi ko‘rishi va IT sohasidagi to‘siqlar va qiyinchiliklar, o‘zining bosib o‘tgan yo‘li haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

    YouTube sahifamizga o‘tib, videoni sifatli tarzda ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=RXft1Hy15PI

    Siz yoki sizning do‘stingiz IT sohasida faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, o‘zining bilimlari, sohada o‘z o‘rnini topishdagi to‘g‘ri qadamlari, muvaffaqiyati bilan kelajak yoshlarga o‘rnak bo‘lish istagida bo‘lsa, bizga murojaat qiling. Biz ularning loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishidan xursand bo‘lamiz.

    Manba: Axborot xizmati