Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT yo‘nalishida ta’lim olayotgan yoshlar uchun ta’lim kreditlari ajratiladi
    27.02.2023

    “Respublikada nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratishni tartibga solish chora-tabdirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi. 

    Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 12-avgustdagi qaroriga muvofiq nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim kreditini ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

    Unga ko‘ra:

    – Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzurdagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan har yili besh ming nafargacha Axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratish;

    – Ta’lim kreditlarini bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasida bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratish;

    “Ijtimoiy himoya yagona reeystri”ga kirgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish bo‘yicha ajratilgan kreditlar uchun garov va kafillik talab etmaslik belgilandi.

    Manba: Axborot xizmati