Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri innovatsion loyihalar bilan tanishdi
    24.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi Qarshi temir yoʻl taʼmirlash korxonasiga tashrif buyurdi. 

    Tashrif davomida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ miqyosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

    Tanishuv davomida “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi AKT va AX boʻlimi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatida yosh dasturchilari tomonidan sohani raqamlashtirish uchun amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarni boshqa sohalarda ham amalga tadbiq etish borasida takliflar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati