Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park rezidenti “CROD DEVELOPER” MChJ mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    01.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Farg‘ona shahrida joylashgan Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi binosida bir guruh IT Park rezidentlari bilan uchrashib, ularning faoliyatlari bilan tanishdi.

    Dastlab “CROD DEVELOPER” MChJ dasturchilar jamoasi faoliyati bilan tanishib, dasturiy mahsulotlar eksporti bo‘yicha qilinayotgan ishlar va jamoaning kelgusi rejalari tinglandi. Hozirgi kunda “CROD DEVELOPER” MChJda 25 nafar IT mutaxasislar foaliyat olib borishmoqda va 50 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlashgan.

    Tashrif davomida xalqaro xizmat ko‘rsatish eksporti oshirish yuzasidan ham o‘zaro samarali muloqot bo‘lib o‘tdi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov kelgusida ham vazirlik tomonidan korxona faoliyati qo‘llab-quvatlanishini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati