Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri Farg‘ona viloyatidagi “Westen” IT Park ta'lim rezidenti faoliyati bilan tanishdi
    31.01.2023

    Bugun, 31-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Quva tumanidagi IT Park rezidenti “Westen” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu o‘quv markaz 2022-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 20 ga yaqin ish o‘rni mavjud va bir vaqtning o‘zida 165 nafar o‘quvchiga ta’lim berish imkoniyatiga ega.

    Markazda tuman yoshlari uchun kompyuter savodxonligi, 3D modellashtirish, ingliz tili yo‘nalishlarida o‘quvchilarga ta’lim berib kelinmoqda.

    Ayni vaqtda barcha yo‘nalishlarda 200 ga yaqin o‘quvchi yoshlar ta’lim olishmoqda.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov o‘quv markazi rahbariyati bilan suhbatlashib, kelgusida markaz faoliyatini yanada kengaytirishda vazirlik bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi.

    Shuningdek, IT sohasini rivojlantirish, raqamlashtirish yo‘nalishida malakali kadrlarni tayyorlashda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

    Manba: Axborot xizmati