Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Bosh kotibi bilan uchrashdi
    30.01.2023

    O‘zbekiston Prezidentining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining yillik anjumanini 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, joriy yilning 16-18-may kunlari Samarqand shahrida ushbu anjumanni o‘tkazish belgilangan.

    Bugun, 30-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Bosh kotibi Koguchi Kazuhiko bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    Uchrashuvda anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati