Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Open Data Challenge”ga ariza topshirishga shoshiling!
    19.01.2023

    27-yanvar kuni “Open Data Challenge” start oladi – bu uch kunlik xakaton bo‘lib, unda jamoalar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda raqamli yechimlarni ishlab chiqishda bellashadilar.

    Xakaton natijalariga ko‘ra, eng qiziqarli yechimlar taklif etgan jamoalar tanlov tashkilotchilari – YXHT, IT Park va Virtual Group IT kompaniyasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladi.

    Xakatonda ishtirok etish uchun 3 kishidan ko'p bo'lmagan jamoa nomidan umumiy ariza topshirish kerak.

    Jamoa tuza olmayapsizmi? Muammo emas!

    Siz shuningdek individual ravishda ariza topshirishingiz mumkin va tashkilotchilar xakatonning birinchi kunida jamoa tuzib berishadi.

    Batafsil ma'lumot uchun: https://datahack.uz/

    Manba: Axborot xizmati