Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hamkorlikning shaffof natijalari
    16.12.2022

    So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Boshqaruv organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xo‘jalik funksiyalarini birga qo‘shib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hamda ijtimoiy ta’minlashning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani quvonarli.

    Davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishida hamda kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga nomuvofiqligiga barham berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan bir qator tizimli choralarni e’tirof etish o‘rinli.

    Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga bo‘lgan talablarni belgilovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega “Davlat fuqarolik xizmati t‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi davlat fuqarolik xizmatchilariga bo‘lgan e’tiborning nechog’lik muhim ekanligidan dalolatdir.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan qo‘shma tartib tasdiqlanganidan so‘ng, nomzodlarni saralab olishda ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq maxsus elektron dastur asosida talabgor fuqarolar va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning barchasiga teng imkoniyatlar yaratildi.

    Joriy yil boshidan bugungi kun holatiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 75 marta lavozimlarga tanlovlar eʼlon qilindi.

    Mazkur tanlov eʼlon qilingan lavozimlarning 34 tasiga tanlov yakunlangan bo‘lib, ushbu tanlovda 617 nafar nomzodlar ishtirok etishgan. Nomzodlarning 98 nafari tanlovning test bosqichida ishtirok etishgan. Testda muvaffaqqiyatli o‘tgan 43 nafari nomzodlar bilan o‘rnatilgan tartibda Suhbat komissiyasi tomonidan suhbatlashilib, mazkur komissiya qarori asosida 18 nafar nomzodlar ishga qabul qilingan. Qolgan 16 ta ish o‘rni nomzodlar orasida munosibi topilmaganligi sababli qayta tanlovga eʼlon qilingan.

    Bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yana 41ta ish o‘rniga tanlov eʼlon qilingan bo‘lib, mazkur tanlovda 890 nafar nomzodlar ishtirok etishmoqda. Hozirgi kunda 17ta lavozim bo‘yicha tanlovning test bosqichi, va 24ta lavozim bo‘yicha tanlovning suhbat bosqichi davom etmoqda.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

    Manba: Axborot xizmati