Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Milliy interaktiv ijtimoiy tarmoq (platforma) imkon.uz bo‘yicha ma’lumot
    12.12.2022

    Milliy interaktiv ijtimoiy tarmoq (platforma) imkon.uz “Imkon Uzbekistan” NNT tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 15 ming nafardan oshgan.

    imkon.uz zamonaviy dizayn hamda texnik talablar asosida ishlab chiqilgan.

    Hozirgi kunda imkon.uz o‘zbek (lotin va kiril alifbosida), qaraqalpoq, rus
    va ingliz tillarida ishga tushirilgan bo‘lib, 15 ming nafardan ziyod foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan.

    imkon.uz foydalanuvchilar, ayniqsa yoshlar uchun bir qator imkoniyatlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, asosiy maqsad Twitter, Facebook, HeadHunter, LinkedIn kabi horijiy platformalarning qulay mahalliy muqobilidan foydalanish imkoniyatini yaratish, yoshlarga platforma bir vaqtning o‘zida tadbirlar, bo‘sh ish o‘rinlarini qidirish, volontyorlik (ko‘ngilli bo‘lish) va kredit olish uchun ariza topshirish imkonini beradi.

    Kreditlar yo‘nalishi – foydalanuvchilar bir necha daqiqa ichida mahsulot yoki xizmat uchun kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bunda ro‘yxatdan o‘tish taxminan 15 daqiqa davom etadi - bu esa mazkur tarmoqning asosiy afzalliklaridan biri. Kredit berish ko‘lami esa keng, har xil yo‘nalishdagi kreditlar toifasini o‘z ichiga oladi.

    Bo‘sh ish o‘rinlari yo‘nalishi – respublikamizning istalgan nuqtasida bo‘sh ish o‘rinlarini izlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, qidiruv jarayonini oson
    va tezroq qilishda ushbu yo‘nalishning yana bir afzalligi shundaki, korxona
    va tashkilotlar ijtimoiy faollik bilan birga foydalanuvchilarga murojaat qilishlari
    va ularning ko‘ngillilik faoliyatini kuzatishi mumkin.

    Metsenatlik yo‘nalishi – alohida shaxslarga ma’lum bir maqsadlarini amalga oshirish uchun ixtiyoriy va xayriya asosida hissa qo‘shish imkoniyatini beradi. Shuni ta’kidlash joizki, metsenatlik bo‘limida 2021-yil hisobida moddiy yordamga muhtoj talabalar uchun 7 milliard so‘mga yaqin mablag’ ajratilgan. Joriy yilda esa XushnudbekUz bilan hamkorlikda 155 million so‘mlik grant e’lon qilingan. Bunda, respublikamiz bo‘ylab 1520 ta ariza kelib tushgan bo‘lib,  ulardan 31 nafariga moddiy yordam sifatida mablag‘ ajratilgan.

    Tadbirlar yo‘nalishi – foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tishlari va bo‘lajak tadbirlar haqida ma‘lumot olishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu yo‘nalish orqali yoshlar mahalliy va xalqaro miqyosdagi festivallar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar, forumlar
    va kongresslar kabi tadbirlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari hamda ularda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

    Kraudfanding yo‘nalishi – bu ko‘p sonli shaxslar yordamida jamlangan mablag‘ evaziga loyiha yoki shaxsiy biznes uchun mablag‘ to‘plash usuli hisoblanadi. Ushbu yo‘nalish orqali ma’lum bir loyihani moliyalashtirish, shuningdek, keng jamoatchilikni qiziqtirish va jamoaga turli yo‘nalishdagi mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati mavjud.

    Manba: Axborot xizmati