Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda IT Park rezidentlari va o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar sonini oshirish yuzasidan onlayn muloqot o‘tkazildi
    12.12.2022

    O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

    Mazkur qarorga ko‘ra, Axborot texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan foydalangan holda hududiy IT Parklardagi rezidentlar sonini 650 taga olib chiqish orqali qo‘shimcha 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish belgilangan.

    Shu maqsadda AKT vazirligi hududiy boshqarmasi va IT Park Xorazm filiali tomonidan onlayn muloqot tarzidagi seminar-uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Urganch shahar hokimligi mas’ul xodimlari, Urganch shahrida joylashgan mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollaridan iborat jami 150 nafardan ortiq mas’ullar ishtirok etdilar.

    Uchrashuv davomida ishtirokchilarga IT Park faoliyati, IT-kompaniyalarni tashkil etish, IT Park rezidenti bo‘lish tartibi va afzalliklari, rezidentlarga yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar, mahallalarda IT sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va uning qulayliklari va boshqalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuv qizg‘in muhokamalar va savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning mavzu yuzasidan berilgan savollariga IT Park filiali mas’ullari tomonidan to‘liq javoblar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati