Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
    07.12.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni ta’sis etilgan edi.

    Shu munosabat bilan bugun, 7-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalari rahbar-xodimlari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, AKT sohasini yanada rivojlantirish, fuqarolarning ma’naviy salohiyatini oshirish, mudofaa qudratini yaksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimiz ushbu esdalik nishoniga munosib ko‘rildi.

    Manba: Axborot xizmati