Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yil oxiriga qadar frilanserlar tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 11 million dollarga yetishi kutilmoqda
    05.12.2022

    Axborot texnologiyalari kundan kunga rivojlanib, “frilanserlar”ga bo‘lgan talab ham tobora ortib bormoqda.

    AKT vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan 2022-yil iyun oyidan boshlab mamlakatimizda frilans, AKT sohasida jismoniy shaxslar eksportini va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sonini oshirish, ishsizlik sonini kamaytirish hamda Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar, yoshlar hamda mamlakatimiz fuqarolari orasida frilanserlik sohasini keng targ‘ib qilish maqsadida 15 dan ortiq muvaffaqiyatga erishgan frilanserni jalb qilgan holda “Frilanserlikka ilk qadam” va “Frilanserlik bu kelajak kasbi” mavzularida:

    ·  Toshkent shahridagi Amity universiteti;

    ·  Toshkent davlat yuridik universiteti;

    ·  Toshkent moliya instituti;

    ·  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

    ·  Muxammad al-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialilari

    ·  Astrum - IT Academy

    ·  MFaktor

    bilan hamkorlikda forumlar o‘tkazilib, unda umumiy 5000 dan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdilar.

    Bundan tashqari, Markaz tomonidan ishga tushirilgan informatsion myfreelance.uz veb-sayti yoshlar o‘rtasida ko‘plab qizishga sabab bo‘lib, ushbu saytda o‘zbek hamda rus tillarida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi – ITSM” bilan hamkorlikda frilanserlik faoliyati qanday qilib boshlash hamda insonlarni IT sohasida ko‘nikmalarni oshirish maqsadida:

    ·  350 ga yaqin video kurslar;

    ·  40 ga yaqin maqolalar;

    ·  25 ga yaqin ko‘rsatmalar;

    ·  40 ga yaqin layfhaklar

    joylashtirildi va kundan kunga yuqorida sanab o‘tilgan video kurslar soni ko‘payib bormoqda.

    Markaz hamda axborot tahliliy portali “Xabar.uz” bilan birgalikda respublikada frilanserlikda ko‘plab yutuqlarga erishgan “Tech Cells” asoschi va IT tadbirkor Zafarbek Ibrohimov hamda “Dizipro” asoschisi va IT tadbirkor Abdusattor Abdurahimovlardan intervyu olindi. Intervyu mobaynida ularning muvaffaqiyatga erishish sirlari, ularning qanday qiyinchiliklardan o‘tib hozirda IT tadbirkorga aylanganliklari va frilanserlikni endi boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga o‘z tavsiyalari haqida bo‘lishdilar.

    Buning natijasida, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” DM tahliliga ko‘ra, 2022-yil yanvardan 1-noyabrgacha AKT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan o‘zbekistonlik frilanserlar 7 ta yirik xorijiy frilanserlik platformalaridan, jumladan “Upwork”, “Fiverr”, “Toptal”, “Envato”, “Freelancer.com”, “3ddd.ru”, “Cgtrader”larda ishlab topgan daromadlari jami 9 million dollardan ortdi. Ulardan:

    ·  “Payoneer” xalqaro to‘lov tizimi orqali 2,2 mln. dollar;

    ·  To‘g‘ridan to‘g‘ri “SWIFT” (Wire transfer) orqali esa 6,8 mln. dollar xorijiy platformalardan frilanserlarning shaxsiy hisob raqamlari yoki bank kartalariga kelib tushgan.

    Ushbu raqamlarni hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak:

    ·  Toshkent shahri – 8,3 mln.;

    ·  Andijon viloyati – 140 ming;

    ·  Toshkent viloyati – 121 ming;

    ·  Samarqand viloyati – 120 ming;

    ·  Namangan viloyati – 100 ming;

    ·  Surxondaryo viloyati – 53 ming

    ·  Farg‘ona viloyati – 36 ming;

    ·  Qashqadaryo viloyati – 23 ming;

    ·  Xorazm viloyati – 19 ming;

    ·  Buxoro viloyati – 8,5 ming;

    ·  Navoiy viloyati – 4 ming;

    ·  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 765.

    Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning oxiriga qadar frilanserlar tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 11 million dollarga yetishi kutilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati