Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Skills4Girls” dasturi yakunlandi
    02.12.2022

    Bugun, 2-dekabr kuni IT-Park va UNICEF tomonidan amalga oshirilayotgan “Skills4girls” dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. 

    Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan. Ushbu sana butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

    Ma’lumki, O‘zbekistonda keyingi yillarda imkoniyati cheklanganlarga ham alohida e’tibor qaratilib kelmoqda. 

    “Skills4girls” – 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar, jumladan, turli nogironligi bo‘lgan qizlar uchun IT bo‘yicha o‘quv dasturi bo‘lib, u 2022-yil iyun oyida ishga tushirilgan edi.

    Har yili o‘tkaziladigan ushbu tadbirlardan maqsad – nogironlarning sog‘liqni saqlash, ta’lim olish, ish bilan ta’minlash uchun inklyuziv muhitni yaratish va nogironlarga nisbatan kamsitishlarni bartaraf etishdan iborat.

    Bu yilgi tadbirlar “Inklyuziv rivojlanish yo‘lida hal qiluvchi yechimlar: barcha uchun teng va adolatli dunyoni yaratishda innovatsiyalarning roli” mavzusiga bag‘ishlandi.

    IT Park va UNICEF tomonidan amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalardan biri bu “Skills4Girls” dasturi bo‘ldi.

    Tadbirda AKT vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakili Munir Mammedzade, O‘zbekiston nogironlar uyushmasi raisi o‘rinbosari Oybek Po‘latov, shuningdek, barcha hududlardan kelgan loyiha ishtirokchilari qatnashdilar.

    “Skills4Girls” loyihasi boshlanganidan 2022-yilning iyun-noyabr oylari oralig‘ida qizlarning raqamli savodxonligini oshirish kursi doirasida 214 nafar ishtirokchi o‘qitildi.

    Har bir viloyatda 48 nafar qizlar o‘qishga jalb qilingan. 6-7-sinf qizlari Microsoft Office, Entry hamda Web texnologiyalari (HTML va CSS) xususiyatlarini o‘rgandilar. Shuningdek, 8-9 va 10-11-sinf oralig‘idagi qizlar esa grafik dizaynni o‘rgandilar.

    Imkoniyati cheklangan va raqamli ko‘nikmalari past bo‘lgan qizlar raqamli savodxonlik bo‘yicha to‘liq dasturni tamomladilar.

    Kurs natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarga qisqa matnli topshiriqlar berildi. Eng yugori ball to‘plagan g‘oliblarga yashash joylaridagi IT Park qoshidagi IT Markazlarda o‘qish uchun sertifikatlar topshirildi:

    1-o‘rin – 2 mln 500 ming so‘mlik 19 ta sertifikat;

    2-o‘rin –2 million so‘mlik 19 ta sertifikat;

    3-o‘rin – 1 million 500 ming so‘mlik 19 ta sertifikat ta’lim olishlari uchun taqdim etildi.

     

    Manba: Axborot xizmati