Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Paxtakor tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq sayyor qabul o‘tkazildi
    25.11.2022

    Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

    Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov, vazirlikning vazirlikning hududiy boshqarmasi vakillari va soha korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

    Dastlab AKT vaziri o‘rinbosari mamlakatimizda, jumladan, Jizzax viloyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muammo va takliflarini eshitish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida jami 38 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 16 tasi joyida bartaraf etilib, ijobiy hal qilindi. Qolgan 26 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish talab etilishi sabab Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

    Murojaatlarning 19 tasi telekommunikatsiya tarmoqlari Wi-Fi tarmog‘ini tashkil etish, 13 tasi mobil aloqa va internet sifatini oshirish, 4 tasi IT-ta’limni rivojlantirish va 2 tasi pochta masalalari bo‘yicha bo‘ldi.

    Sayyor qabulda 110 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdilar.

    Undan so‘ng AKT vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov soha rahbariga alohida murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashdi, ularning murojaat va takliflarini eshitib, tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha ma’sul shaxslarga topshiriqlar berdi.

    Manba: Axborot xizmati