eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sun’iy intellekt yo‘nalishida vazirlik, idora va tashkilotlar mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv seminar tashkil etildi
    25.11.2022

    Bugun, 25-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida vazirlik, idora va tashkilotlarda axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirda vazirlik va idoralarning 30 ga yaqin vakillari ishtirok etishdi.

    Seminarda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari sun’iy intellekt bo‘yicha umumiy tushunchalar, sun’iy intellekt tarixi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

    Shuningdek, seminar davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining inson hayotida va jamiyatning rivojlanishida tutgan o‘rni, O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanish holati va istiqbollari hamda Jahon miqyosida sun’iy intellektning rivojlanish tendensiyalari haqida ma’lumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati