Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xotin-qizlar uchun imkoniyat: 7 yilga foizsiz ta'lim krediti
    22.11.2022

    O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarni salohiyatini ko‘tarish, ularning jamiyatdagi o‘z o‘rnilarini topishga yordam berish maqsadida imtiyozli kreditlar ishlab chiqilgan. 

    Endilikda, talaba ayol-qizlar o‘qish davri va o‘qishni tugatganidan so‘ng qo‘shimcha 6 oy davomida imtiyozli davr beriladi. Kredit bo‘yicha asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

    Kredit rasmiylashtirish uchun sizdan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

    1) pasport (yoki ID karta);

    2) to‘lov-kontrakt shartnomasi;

    3) uchinchi shaxs kafilligi.

    Ta'lim krediti faqat talabaning nomiga rasmiylashtiriladi va ushbu kreditni quyidagi banklardan olishingiz mumkun:

    Ta'lim kreditini rasmiylashtirgan xotin-qizlar o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida rasmiylashtirilgan kreditning asosiy qarz qismini qaytara boshlaydi.

    Manba: Axborot xizmati