Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Digital Business Women — 2022” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
    18.11.2022

    Bugun, 18-noyabr kuni International Tashkent Hotel'da “Digital Business Women - 2022” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston hukumati tomonidan raqamli biznes sohasida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash siyosatining amalga oshirilishi: asosiy yo‘nalishlar va mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha fikrlar ilgari surildi. 

    “Digital Business Women – 2022” konferensiyasida O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova, AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Xans Ulrich Im, Germaniya jamg‘arma banki fondining mintaqaviy vakili va uzoq muddatli eksperti Matias Vangler va boshqalar o‘z nutqlari bilan ishtirok etdilar.

    Konferensiyada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb etish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kamola Sobirova ishtirok etib, “O‘zbekistonda IT-industriyasini rivojlantirishda tadbirkor ayollarning ishtirokini oshirish” yuzasidan fikr bildirdi. Tadbirda, K. Sobirova taqdimot bilan ishtirok etib, vazirlik tomonidan tadbirkor ayollar uchun amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan axborot berdi.

    Shuningdek, tadbirda bir qancha yirik tashkilot vakillari va ularning rahbarlari, biznesda ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalar va istiqbollar haqida muhokamalar o‘tkazishdi.

    Manba: Axborot xizmati