Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy qutlaydi
    18.11.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Siz aziz yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

    Dunyoning har bir davlatida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ham O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti ramzi hisoblanib, uning jahon sahnidagi munosabatlardagi timsoli sifatida qadrlanadi. Aynan mana shuning uchun ham o‘zini O‘zbekiston farzandi, fuqarosi deb hisoblagan har bir shaxs uchun bayrog‘imiz muqaddasdir. 

    O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, Davlat bayrog‘i va uning ramzi mamlakatimizning boshqa rasmiy ramzlari bilan bir qatorda bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtiradi.

    Buyuk sarkarda Amir Temur davlati bayrog‘ining rangidagi yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni aks ettiruvchi bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir.

    Kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketgan oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli hisoblanadi.

    Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli yashil rang tabiatning yangilanish timsoli.

    Qizil chiziqlar esa vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

    Navqiron yarim oy tasviri nafaqat o‘zbek xalqining tarixiy anʼanalari, urf-odatlari va qadriyatlari bilan bog‘liq, balki u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi hamdir.

    Bayrog‘imizdagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan eʼtiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Ushbu yulduzlar tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

    Aziz Vatandoshlar!

    Jonajon yurtimiz osmoni bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang kabi musaffo, Vatanimizning taraqqiyot yo‘li va har birimizning hayot yo‘limiz bayroqdagi oq rang kabi pok hamda to‘q yashil rang kabi farovon bo‘lsin.

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi muborak bo‘lsin!

    Manba: Axborot xizmati