Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Shtutgart universiteti bilan hamkorlik rivojlantiriladi
    15.11.2022

    Germaniyada bo‘lib turgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan iborat delegatsiyasi Shtutgart universitetiga tashrif buyurib, universitet tajribasi, ilmiy loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

    Tashrifdan maqsad – Germaniya universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar, loyihalarni amalga oshirishdan iborat. Ma’lumki, TATU xorijiy universitetlar, xususan, dunyoda tadqiqot universiteti sifatida tanilgan Shtutgart universiteti bilan bir necha sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.

    – axborot tizimi va universitet portalidan birgalikda foydalanish.

    – AKT sektorining umumiy farovonligi uchun tadqiqot va ilmiy faoliyatda Germaniya universitetlarining (Shtutgart universiteti misolida) mavjud amaliyotlari bilan tanishtirish.

    – hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va qisqa muddatli amaliyot va ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

    Tashrif davomida Elektron ta’lim: raqamli boyitilgan o‘qitish formatlari va tizimlari hamda E-Learning dasturini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Shtutgart universiteti tajribasi va o‘quv va ilmiy sohadagi imkoniyatlarin ko‘rib chiqildi.

    Manba: Axborot xizmati