Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Germaniyada IT Park ofisi ochiladi
    14.11.2022

    Germaniyadagi vatandoshlarimizni IT Parkning Germaniyadagi ofisini ochilish marosimiga ertaga 15 noyabr kuni soat 14:15ga NH Hotel Heidelbergga taklif etamiz.
     
    Kecha, yakshanba kuni, ushbu tadbirga tayyorgarlik doirasida Germaniyaga IT va BPO eksportini oshirish imkoniyatlari haqida uchib borgan rezidentlarimiz va mahalliy kompaniyalar vakillari bilan ham ochiq fikr almashib oldik.
     
    Hozir narxlarning oshishi tufayli xarajatlarni qisqartirish maqsadida Yevropa davlatlarida ham IT va BPO autsorsingiga qiziqish ortmoqda. Ana shu davrda bizning vatandoshlarimiz IT Park rezidentlarimiz bilan hamkorlikda bu yo‘nalishda o‘zaro foydali loyihalarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham ayrim salohiyatli IT Park rezidentlarini Germaniyaga olib keldik va alohida ofis ochib, ushbu hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish harakatidamiz. 
     
    Event date and time: 15 November 2022, at 14:30;
    Address: NH Hotel Heidelberg
    Bergheimer Str. 91, 69115 Heidelberg, Germany;
    Contact person: Fazliddin Akhmedov +4917682235636

    Manba: Axborot xizmati