Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ZTE kompaniyasi katta vitse-prezidenti bilan IT ta’lim, BPO xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
    14.11.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ZTE korporatsiyasi katta vitse-prezidenti Mey CHjunxua bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

    Uchrashuv chog‘ida AKT vaziri ZTE kompaniyasining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan ishlari va loyihalarini alohida qayd etib, hamkorlikda ishlashdan manmunligini bildirdi.

    O‘z navbatida, kompaniya vakili O‘zbekistonda AKT sohasiga qaratilayotgan e’tibor tahsinga loyiqligini bildirdi.

    Shu bilan birga, uchrashuv davomida telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, BPO xizmatlar sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, kompaniya bilan birgalikda O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish hamda o‘quv markazlar tashkil etish, mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Eslatib o‘tamiz, “ICTWEEK Uzbekistan—2022” AKT haftaligi doirasida ZTE kompaniyasi bilan yangi BPO markazlar tashkil etish uchun 100 ming dollarlik hujjat imzolangan edi.

    Manba: Axborot xizmati