Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Сonnecting The World From The Skies” forumi doirasida Saudiya Arabistonining Aloqa, kosmik va texnologiyalar komissiyasi raisining o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazildi
    11.11.2022

    Joriy yilning 10-noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotga “Сonnecting The World From The Skies” (Dunyoni osmon bilan bog‘lab) forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Doniyor Rustamov va Saudiya Arabistonining Aloqa, kosmik va texnologiyalar komissiyasi raisining o‘rinbosari Dr. Mohammed Alotaibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ulug‘bek Maxsudov ham ishtirok etdi.

    Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

    Mazkur uchrashuv davomida Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston Respublikasi davlatlarining manfaatlaridan kelib chiqqan holda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

    Shu bilan birga, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, telekommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tildi.

    Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida mamlakatimizning raqamli ekotizimini rivojlantirish borasida qat’iy islohotlar amalga oshirilayotganligi, xorijiy IT-kompaniyalar rivojlanishi uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni joriy etishga katta ahamiyat berilayotganligi, shuningdek, respublikamizda elektron hukumat tizimlarining joriy holati bo‘yicha ma’lumot berildi.

    Manba: Axborot xizmati