Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan “Сonnecting The World From The Skies” forumida AKT vazirligi delegatsiyasi ishtirok etmoqda
    10.11.2022

    8-10-noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi va Saudiya Arabistonining Aloqa va axborot texnologiyalari bo‘yicha komissiyasi hamkorligida “Сonnecting The World From The Skies” (Dunyoni osmon bilan bog‘lab) forumi o‘tkazilmoqda.

    Forumda davlat va xususiy sektorlar, xususan, radio va yo‘ldoshli aloqa yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar, shuningdek, manfaatdor tashkilot vakillari hamda tartibga soluvchi davlat boshqaruv organlari ishtirok etmoqdalar.

    O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyati nomidan mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Doniyor Rustamov, Vazirlikning Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye bo‘limi bosh mutaxassisi – Sirojiddin Usmanov va “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK direktori – Muradjan Sabirov ishtirok etishmoqda.

    Forumda kelgusida joriy etiladigan va rivojlantiriladigan ilg‘or havo va yo‘ldosh aloqa tarmoqlarining texnik xarakteristikalari, ishlash jarayonlari bilan bog‘liq texnologik xususiyatlari mavzularidagi maruzalar tinglanmoqda.

    Tashrif doidasida delegatsiya vakillari Saudiya Arabistonining Radio va televideniye bo‘yicha komissiya rahbariyati, Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa byurosi direktori Mario Manevich, One Web kompaniyasining Yaqin sharq va Afrika mintaqasidagi vakili Amr Ashur va hukumat bilan ishlash bo‘yicha vakili Leyt Xamad, Starlink kompaniyasi vakili Ben MacWilliams, Niderlandiyaning SES kompaniyasi bosh direktori - Stiv Kollar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazildi.

    Manba: Axborot xizmati