Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida yosh dasturchilar uchun tanlov bo‘lib o‘tmoqda
    07.11.2022

    Navoiy viloyatida ilk bor qiymati 1 mlrd so‘m bo‘lgan “Digital Navoi Hackathon-2022” tanloviga start berildi.

    Mazkur musobaqaning mukofot jamg‘armasi 1 mlrd so‘m bo‘lib, unda Softex jamoamizning iste’dodli dasturchilari ham o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

    Tanlov o‘z ichiga 5 ta yo‘nalishni qamrab olgan. Jumladan:

    1. “Hududni investitsion jozibadorligini aks ettirgan eng yaxshi loyiha”

    2. “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”

    3. “Hududni turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan eng yaxshi loyiha”

    4. “Raqamli iqtisodiyot”

    5. “Eng samarali innovatsion loyiha”

    Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar joriy yilninig 10-sentyabrdan 20-oktabrigacha innovatsion, muhandislik-kommunikatsiyalar, startaplar va dasturiy ta’minot yaratish yuzasidan loyihalar va ishlanmalar qabul qilingan. Shu davr mobaynidan 129 ta hujjat kelib tushgan.

    Tanlovda taqdim etilgan loyihalar tegishli yo‘nalishlarni baholovchi komissiyalar tomonidan tanlov nizomida belgilangan baholash mezonlari asosida baholanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 nafardan g‘olib aniqlanadi.

    Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

    – mahalliy yosh dasturchilarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish, ular tomonidan raqamlashtirish asosida yaratilayotgan dasturiy mahsulotlarni, loyihalarni dastlabki bosqichda aniqlash va amaliyotga tadbiq etish imkoniyatini yaratish;

    – innovatsion texnologiyalarini amaliyotda qo‘llashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish;

    – dasturlash tizimlari orqali viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish.

    Manba: Axborot xizmati