Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    04.11.2022

    Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida 3-noyabr kuni, kechki payt bo‘lishiga qaramay, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda raqamli rivojlanish amaliyoti rahbari Nikol Klingen bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

    Ma’lumki, Jahon banki va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlikda keng va uzoq muddatli dasturning dastlabki ikki bosqichi bo‘lgan “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi deb nomlangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

    Ushbu dastur hamda O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekistonni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” hamda “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish dasturi” raqamli inklyuziyaning asosiy elementlariga, jumladan, yoshlar va ayollar uchun raqamli ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.

    Loyiha qiymati 50 million dollarni tashkil etadi, moliyalashtirish ikki bosqichda (1-bosqich 25 million dollar, 2-bosqich 25 million dollar) amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Loyiha yangi raqamli ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iqtisodiy foyda olishlari hamda yuqori daromadli ish o‘rinlariga ega bo‘lishlari mumkin. Akademik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ishchilar yillik daromadni 3-10 foizgacha oshiradi.

    Loyiha BPO va KPO xizmatlari eksportini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga, shu jumladan, texnik infratuzilmani modernizatsiya qilish va huquqiy, tartibga solish va institutsional tizimlarni modernizatsiya qilishga yordam beradi.

    Shuningdek, ushbu loyiha iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, xususiy sektorning yetakchi roli bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va raqamli brendni mustahkamlash, BPO va KPO xizmatlari uchun xalqaro bozorda O‘zbekistonning jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

    Bugungi muloqot doirasida ushbu dasturlarni amalga oshirish hamda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish orqali ularning bandligini oshirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish – vazirlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi doirasida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish markazlari (BPO-markazlari)ni tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati