Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koreya bilan elektron hukumat va raqamlashtirish sohalarida hamkorlik rivojlantiriladi
    02.11.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

    Unda “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya markazi” qo‘shma loyihasini amalga oshirish bo ‘yicha muzokalar o‘tkazilmoqda.

    Ushbu tashrif O‘zbekiston-Koreya qo‘shma loyihasining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishdan iborat. Shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish, elektron hukumat arxitekturasi va tuzilmasini optimallashtirish va raqamli ko’nikmalarni oshirish maqsad qilingan.

    Shu maqsadda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi (MOIS) Raqamli hukumat byurosi bosh direktori So Boram bilan muzokaralar o‘tkazildi.

    Muloqot chog‘ida O. Pekos Koreya Respublikasi axborot texnologiyalari va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha dunyoda haqli ravishda yetakchi o‘rinni egallab turishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, aynan Koreya Respublikasi O‘zbekistonning ushbu sohalardagi asosiy strategik sheriklaridan biri ekani, muzokaralarda koreyalik hamkorlarning O‘zbekistonda IT-sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yuqori ekanligini aytib o‘tdi.

    Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan: elektron hukumatni rivojlantirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirish, sunʼiy intellekt boʻyicha Koreya Respublikasining ilgʻor tajribasini oʻrganish, taʼlim, ikki davlat texnoparklari oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

    Manba: Axborot xizmati