Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari Hindistonda
    02.11.2022

    Joriy yilning 22–31-oktabr kunlari Hindistonning Noida shahrida joylashgan Xalqaro Amiti universitetining bosh kampusida Sangathan musobaqasi boʻlib oʻtdi.

    Talabalar 35 xil sport musobaqalari: badminton, basketbol, voleybol, karate, dzyudo, kriket, shaxmat, suzish, arqon tortish kabi bellashuvlarda sovrinlik o‘rinlarini qo‘lga kiritish uchun kurashdilar.

    Shuni alohida taʼkidlash joizki, Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari oʻrtasida Sangathan musobaqasi oʻtkazilib, unda g‘olib boʻlganlar universitet hisobidan barcha xarajatlar qoplangan holda Hindistonda asosiy musobaqada qatnashdilar va Amiti boshqa kampuslari orasida faol ishtirok etdilar.

    Manba: Axborot xizmati