Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “NEC” korporatsiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi
    01.11.2022

    Bugun, 1-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “NEC” korporatsiyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha vakolatxonasi direktori Kenji Takemura bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda AKT vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, istiqbolli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Kenji Takemura Samarqandda bo‘lib o‘tgan “ICT WEEK–2022” AKT haftaligi yuksak saviyada tashkil etilganini qayd etdi, shuningdek, kompaniyani O‘zbekistonda rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli va uzoq muddatli rejalarga ega ekanligini ta’kidladi, shuningdek, mamlakatimizning axborot texnologiyalari sohasida jadal o‘sish va ulkan salohiyatini e'tirof etdi.

    Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda “NEC” korporatsiyasi qator loyihalarda, jumladan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan telekommunikatsiya tarmog‘i va teleradioeshittirish tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda keng hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, 2022-2024-yillar davomida “Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini (Data markaz) yaratish” va “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini kengaytirish” loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu loyiha doirasida ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish uchun 3 ta ma’lumotlar markazini qurish va transport tarmog‘ini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, yana bir nechta loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

    Uchrashuv so‘ngida tomonlar BPO sohasidagi keyingi hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston bozorida Yaponiya texnologiyalari va yechimlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qildilar. O‘z navbatida, IT ta’limni keng miqyosda respublika bo‘ylab qamrab olish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati