Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mamlakatimizning 31 yilligiga bag'ishlab idoraviy tarmoq mukofotlariga sazovor bo'lganlarning taqdirlash marosimi AKT haftaligini yakunladi
    31.10.2022

    Mamlakatimizninig 31 yilligiga bag‘ishlangan Aloqa sohasi xodimlariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoraviy mukofotlarini topshirish marosimi o‘tkazildi. 

    Mazkur tadbir Samarqandda bo‘lib o‘tgan “ICTWEEK 2022” AKT haftaligining yakuniy qismi bo‘lib, IT Park Uzbekistan binosida bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. 

    Shuningdek, mazkur tadbirda Vazirlikning hududiy boshqarmalari, viloyatdagi tizim tashkilot va korxona vakillari ham qatnashdi.

    Ushbu taqdirlash marosimida AKT sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan kompaniya va jamiyatlar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, sohadagi xorijiy va xususiy korxonalari rahbar xodimlari va mutaxassislari Vazirlikning buyrug‘i asosida “Faxriy yorliq”, “Mohir aloqachi” faxriy unvoni, “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar.

    Hozirgi tezkor rivojlanish davrida, qayerda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari hayotga izchil tatbiq etilsa, o‘sha joyda o‘sish bo‘ladi. Bu sohaning turli faoliyatlarga joriy qilinishi iqtisodiy o‘sish va davlatning ilmiy-texnik rivojlanishida bosh omil vazifasini o‘taydi. 

    Taqdirlash marosimida ishtirok etgan AKT vaziri Sh. Shermatov vazirlikda hamda hududiy boshqarmalar, viloyatdagi tizim tashkilot va korxonalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni ushbu muborak sana bilan qutlab, ularning keyingi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

    Manba: Axborot xizmati