Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koreya intellektual sanoat uyushmasi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga 1,65 million dollarlik sertifikat taqdim etdi
    27.10.2022

    Samarqand shahrida “ICTWEEK UZBEKISTAN-2022” O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida bir qator kelishuvlarga erishilmoqda.

    Xususan, haftalik doirsida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti Koreya intellektual sanoat uyushmasi (KOIIA) bilan memorandum imzolandi.

    Ikki tomonlama kelishuv O‘zbekistonda raqamli transformatsiya sohasida qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

    Shu jumladan, KOIIA Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga 1.65 million dollarlik sertifikat sovg'a qildi.

    Ma'lumot o'rnida aytish joizki, ushbu sertifikat Katta ma'lumotlarni qayta ishlash ilg'or "Big Data" va "BI" dasturiy ta'minotlaridan foydalanish imkonini beradi.

    Manba: Axborot xizmati