Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “ICTWEEK 2022” doirasida IT-direktorlar sammiti bo‘lib o‘tdi
    26.10.2022

    27-oktabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida IT-direktorlar sammiti – CIO sammit bo‘lib o‘tdi. 

    Keng ma’noda, CIO sammiti vazifasi – jarayonlarni tashkil etishdan tortib, IT xizmatlari byudjetini rejalashtirish, xodimlarni boshqarish va boʻlimlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat. 

    CIO sammiti IT yetakchilari bilan bogʻliq muhim mavzularni oʻz ichiga oldi. Jumladan, “CIO nimadan iborat?”, “Biznes IT-direktordan nima bilan shug‘ullanadi?", “Oʻzbekistonda IT-biznesni boshlash”, “IT-taʼlim” va boshqalar. Ushbu mavzular bo‘yicha tajribali mutaxassislar va ma’ruzachilar tomonidan davra suhbatida dolzarb masalalar, muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. 

    Sammit doirasida IT-direktorlari tomonidan AKT sohasiga oid ko‘plab g‘oya va muammolarni muhokama qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati