Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Huawei va IT Park hamkorlikda O‘zbekistonda BPO markazlarini ishga tushiradi
    25.10.2022

    2022-yilning 25-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonning Termiz va Namangan shaharlarida biznes jarayonlarini autsorsing qilish uchun ikkita markazni (BPO-markazlarini) yaratish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.

    Bayonnomaning tantanali imzolanishi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ko‘magida Samarqand shahrida “ICTWEEK UZBEKISTAN 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. BPO markazlarini birgalikda ochish loyihasi AKT vazirligi va Huawei o‘rtasida 2022-yil mart oyida Barselonada erishilgan kelishuvlar doirasidagi hamkorlikning davomi, shuningdek, Huawei va IT Park o‘rtasida 2022 yil yanvar oyida imzolangan memorandumda belgilangan rejalarni amalga oshirishdir.

    “Huawei kompaniyasi O‘zbekiston AKT hamjamiyatining faol ishtirokchisi bo‘lib, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakatning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qiladi va mamlakatda inson kapitalini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratadi. Bugun biz O‘zbekiston Respublikasida Huawei kompaniyasining aqlli va yashil kampuslarni yaratishda qo‘llaniladigan yechimlari asosida ikkita BPO markazini ishga tushirishga kelishib oldik. Markazlar aqlli qurilmalar ekotizimlari, shuningdek qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ta’minlanadi”, – dedi Huawei Uzbekistan direktori Chen Szyakay.

    Manba: Axborot xizmati