Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “IT Education” Forumi – IT va raqamli ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri
    25.10.2022

    25-oktabr kuni “ICT Week – 2022” haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan “IT Education” Forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    Mazkur tadbir ta’limning innovatsion uslublarini o‘rganish, yetakchi davlatlar mutaxassislari o‘rtasida tajriba va bilim almashish, shuningdek, IT-ta’lim tizimidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan.

    Forum doirasida Hindiston, AQSh, Koreya Respublikasi, Belarus Respublikasi va Estoniyadan kelgan xalqaro ekspertlarning panel muhokamalari va taqdimotlari o‘tkazildi. 

    “IT-Education” Forumi IT-taʼlim sohasidagi jadal rivojlanayotgan va eng ilgʻor yangiliklardan xabardor boʻlish uchun noyob imkoniyatdir.

    Manba: Axborot xizmati