Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sayyor qabullar davom etmoqda, navbatdagi manzil Farg‘ona viloyati
    22.10.2022

    21-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Doniyor Rustamov boshchiligida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Hunarmadlar uyi binosida soha tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari, talaba-yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo'lib o‘tdi. Unda 150 dan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi.

    Qabul davomida fuqarolar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari, IT sohasida oliy ta’limda masofaviy o‘qitish IT yo‘nalishida ayrim masalalar, ilmiy salohiyatni oshirish kabi mavzular ko‘tarildi hamda AKT texnologiyalari xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Sayyor qabuldan so‘ng AKT vaziri o‘rinbosari Doniyor Rustamov soha rahbariga alohida murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashdi. Ularning murojaat va takliflarini eshitib, ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha ma’sul shaxslarga topshiriqlar berdi.

    Manba: Axborot xizmati