Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qo‘qon davlat pedagogika institutida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi
    21.10.2022

    Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Qo‘qon davlat pedagogika institutiga Axborot texnologiyalar va kommunikarsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Doniyor Rustamov bordi.

    Tashrif doirasida Qo‘qon pedagogika instituti hamda IT Park hamkorligida tashkil etilgan Inkubatsiya va akseleratsiya markazi binosi ochilib, foydalanishga topshirildi.

    Tadbirda Qo‘qon davlat pedagogika institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Vazirlik hududiy boshqarmasi, soha korxonalari va IT Park hamda IT Park universiteti vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

    Markazning asosiy vazifasi talabalarning loyihalarini g‘oyadan yakuniy bosqichga hamda akselerasiya jarayoniga yetkazishdan iborat.

    Manba: Axborot xizmati