Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
    20.10.2022

    Bugun, 20-oktabr kuni Axborot texnoloigyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir Sherzod Shermatov IT Parkda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi.

    Joriy yilning 19-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyov Yevropa Ittifoqi vakilini qabul qilib, unda transport, innovatsiya, raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika va suvdan oqilona foydalanish, inklyuziv ta’lim sohalarini birgalikda yanada rivojlantirish masalalari kelishib olingan edi.  

     IT Parkda bo‘lib o‘tgan bugungi uchrashuvda dastlab, O‘zbekistonda IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

    Shundan so‘ng mamlakatda raqamli iqtisodiyotning o‘rnini yanada oshirish, IT sohalarida hamkorlik qilish va Yevropa mamlakatlariga masofaviy xizmatlar ko‘rsatish sohalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.  

    O‘z navbatida, muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan iqtisodiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga e’tibor qaratildi.

    Shu bilan birga, mehmonlarga IT Park binosi faoliyati va u yerda qad rostlagan binolar tanishtirildi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonda bu kabi o‘zgarishlar va IT sohasiga qaratilayotgan e’tiborni yuksak baholadi.

    Manba: Axborot xizmati