Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park hududiy filiallarida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan Bojxona xodimlariga sertifikatlar topshirildi
    20.10.2022

    Bugun, 20-oktabr kuni IT Park tomonidan Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlariga sertifikat topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari va IT-texnologiyalar va telekommunikatsiyalar boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqitish reja-jadvali “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ tomonidan tashkil etilgan.

    Shu maqsadda Davlat bojxona qoʻmitasining Respublika boʻylab 500 (besh yuz) nafar xodimlari joriy yil 29-sentabrdan 12-oktabrga qadar IT Park hududiy filiallarining zamonaviy oʻquv kurslarida o‘qitildi.

    Shu munosabat bilan, bugun, 20-oktabr kuni IT Park shourumida qoʻmita xodimlarini sertifikat bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.

    Marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos ishtirok etib, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarni tabrikladi. 

    Taqdirlash marosimidan so‘ng Oleg Pekos boshchiligida Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, bojxona xizmati polkovnigi Ilxom Muxtarov va qo‘mita xodimlariga yangi qad rostlagan IT Park binosi, u yerda kelajakda amalga oshiriladigan rejalar tanishtirildi.

    Manba: Axborot xizmati