Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda IDC Day xalqaro forumi tashkil etildi
    20.10.2022

    Bugun, 20-oktabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida IDC Day forumi o‘tkazildi. 

    Forum marosimida IDC vitse-prezidenti Andrey Beklemishev hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi. 

    IDC Day forumi – biznes vakillari va ekspert tashkilotlari o‘rtasida muloqot qilish, IDC’ning so‘nggi tadqiqotlari va yetakchi xalqaro IT-sotuvchilar ishlanmalari bilan tanishish, o‘z loyihalarini yaratishga yordam beradigan tajriba almashish uchun noyob platforma hisoblanadi.

    Ushbu xalqaro forum doirasida xorijiy kompaniya ekspertlari axborot xavfsizligini ta’minlash, “bulutli” ishlanmalar texnologiyalari, jamoaviy muhitda va ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlarda zamonaviy tendensiyalar bilan tanishdilar. 

    Forum doirasida IDC vitse-prezidenti Andrey Beklemishev hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda AKT sohasiga oid bu kabi tadbirlarni ko‘paytirish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

    Manba: Axborot xizmati