Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan kadrlarga masofaviy xizmatlar ko‘rsatish va raqamli iqtisodiyot sohalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi
    20.10.2022

    Joriy yilning 17-22 oktabr kunlari milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

    Ushbu o‘quv kurslari tinglovchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi, korrupsiyaga qarshi kurash, davlat xizmatini raqamlashtirish, boshqaruv mahorati yo‘nalishlaridagi intellektual va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

    Shu munosabat bilan bugun, 20-oktabr kuni Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kurslariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi hamda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. 

    AKK vaziri o‘z taqdimoti bilan ishtirok etib, bugungi kunda jahonda malakali ishchi kuchiga talab oshib borayotgani, buning oqibati masofadan turib xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanishiga turtki bo‘layotganini ta’kidladi.

     “O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot nima uchun bunchalik muhim? Sizlar biz uchun juda kerakli kadrlarsiz. Bizda aholi o‘sish sur’ati juda tez. G‘arb davlatlarida esa buning teskarisi. Ularga ishchi kuchi juda zarur. Axborot texnologiyalari esa shu yerda turib, masofaviy xizmatlar ko‘rsatish imkoni bermoqda. Joriy yilda IT eksportini 100 mln dollarga yetkazishni maqsad qilganmiz. Bu borada BPO xizmatlar sohasining o‘rni juda katta”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov.

    Tadbir davomida malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan kadrlar tomonidan berilgan savollarga javoblar taqdim etildi. Shuningdek, biznes va IT sohalarida dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati