Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 18 yoshida o‘zining kompaniyasiga ega robototexnik
    18.10.2022

    O‘zbekiston so‘nggi 5 yilda IT sohasida erishgan yutuqlar soni ko ‘payib bormoqda. Xususan, sohaga 2 mlrd dollar va shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirildi.

    Bundan tashqari, alohida soliq rejimi joriy etilgan IT Parklar tashkil qilindi. Buning hisobiga bugungi kunda IT Parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan buyon 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetdi.

    Hozirgi kunda IT sohasida o‘z o‘rniga ega, yoshlar orasida o‘rnak bo‘la oladigan yoshlarimizdan biri 18 yoshli Suhrob Haydarov. U Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2-bosqich talabasi, qolaversa, “UzRoboUp” kompaniyasi asoschisi va bir nechta startaplar muallifi.

    U hozirda Toshkent shahridagi IT Parkda robototexnika bo‘yicha menejer bo‘lib ishlaydi. Shu bilan birga, 50 dan ortiq shogirdlari bor.

    Suhrobning daromadi oyiga o‘rtacha ming AQSh dollаridan ziyod.

    Suhrob robototexnika bo‘yicha 6 karra xalqaro musobaqalar g‘olibi:

    “Robofest Russia” — 3-o‘rin;

    “Robobrain Serbia” — 2-o‘rin;

    “Youth Techno Art Tashkent” — 1-o‘rin;

    “Roboday Bulgaria onlayn” — 1-o‘rin;

    “Kazrobofest onlayn” — 1-o‘rin;

    “WRO Hungary-Atsian” — 1-o‘rin;

    “World skills — 3-o‘rin”.

    Shuningdek, Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkaziladigan “WorldSkills International” 46-jahon chempionatida “IT Park” jamoasi qatorida Suhrob ham ishtirok etadi.

     

    Manba: Axborot xizmati