Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri IT Park Navoiy filialida yosh IT dasturchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
    14.10.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida IT Park Navoiy filiali bilan yaqindan tanishdi.

    Hozirda IT Park viloyat filialida 27 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, u yerda 11 ta IT-markaz mavjud bo‘lib, xizmatlar hajmi 970 mln so‘mni, eksport hajmi esa 16,8 ming dollarni tashkil etadi.

    Tashrif chog‘ida AKT vaziri Sh. Shermatov IT Park filialining taqdimoti va kelgusidagi rejalari bilan tanishdi. Shuningdek, u yerdagi o‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlashib, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud muammolar to‘g‘risida fikrlar almashildi.

    Muloqot davomida ularning takliflari so‘raldi. O‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish, IT yo‘nalishida yetuk kadr bo‘lib yetishishlari uchun yetarlicha bilimlarga ega bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

    Mazkur uchrashuv vazir va yoshlar o‘rtasida savol javob bilan yakunlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati